Asosiy mazmunga o‘tish
Shifokorning raqamli yordamchisi

Qabul, retsept va yo‘llanma — bitta oynada.

O‘zbek tilidagi MKB-⁠10, 1 040+ dori bazasi, oldingi qabullar va tayyor shablonlar. Yozing — A4 xulosa va A5 retsept chop etishga tayyor.

Shifoxat.uz: qabul oynasida davolash jadvali va bemorning oldingi qabullari
MKB-⁠10 tashxislarini mutaxassislik bo‘yicha tanlash oynasi
A4 formatidagi tibbiy ko‘rik va konsultatsiya xulosasi
  • 10 996MKB-⁠10 tashxis — lotin, kirill va rus tilida
  • 1 040+dori va dozalar bazasi, XNN bo‘yicha qidiruv
  • 27Pevzner parhez stoli; tashxisga mos stol tavsiya qilinadi
  • A4 · A5xulosa, retsept va yo‘llanma; Word (.docx)
  • Oflaynaloqa uzilsa ham yozasiz, keyin sinxronlanadi
Ishonch

Bemor ma‘lumoti qayerda saqlanadi va kim ko‘radi

  • Ma‘lumot klinikangiz hisobida

    Bemorlar va qabullar serverda saqlanadi, boshqa klinikalarga ko‘rinmaydi.

  • Oflayn rejim

    Aloqa uzilsa, yozganlaringiz shu qurilmada qoladi va aloqa tiklangach serverga yuboriladi.

  • Himoyalangan kirish

    Sessiya brauzer skriptlari o‘qiy olmaydigan cookie’da yuradi; ko‘p marta noto‘g‘ri parol kiritilsa, akkaunt vaqtincha bloklanadi.

Qanday ishlaydi?

Bemor tarixidan tayyor hujjatgacha

Tarixni oching, tashxisni tanlang, hujjatni chop eting.

Oldingi qabullar, tashxislar va tayinlangan dorilar bir joyda. Qayta ko‘rikda «Oldingi davolashni ko‘chirish» davolash jadvalini bir bosishda to‘ldiradi.

  • Bemorlar kartotekasi va qabullar jurnali
  • Qayta ko‘rik — bemorga yangi qabul bir bosishda
  • Tugallanmagan qabullar qoralama sifatida saqlanadi
Bemor tarixi
Bemorning oldingi qabullari: tashxis va tayinlangan dorilar

10 996 ta MKB-⁠10 yozuvi lotin, kirill va rus tillarida. Mutaxassislik bo‘yicha saralanadi, kod bilan birga qo‘shiladi.

  • Asosiy, asoratlar, yondosh va differensial tashxis alohida yoziladi
  • Mutaxassislik bo‘yicha saralash va tezkor qidiruv
  • Tanlangan tashxis kodi bilan xulosaga o‘tadi
MKB-⁠10
MKB-⁠10 tashxislarini mutaxassislik bo‘yicha tanlash oynasi

To‘liq tibbiy xulosa, A5 retsept va A5 yo‘llanma blanki. Chop eting yoki Word (.docx) fayliga yuklab oling.

  • Klinika nomi, bemor ma’lumotlari va allergiya qaydi hujjat boshida
  • Chop etishdan oldin oldindan ko‘rish
  • Matnni nusxalash yoki TXT sifatida saqlash
Hujjatlar
A4 formatidagi tibbiy ko‘rik va konsultatsiya xulosasi
Imkoniyatlar

Har kungi qabul uchun vositalar

Parhez stollari, kalkulyatorlar, oflayn rejim va uch til.

Parhez stollari tashxisga mos

Pevznerning 27 ta parhez stoli bir joyda. Tashxisga mos stol «Tavsiya etilgan stol» belgisi bilan ko‘rinadi.

Pevzner parhez stollari ro‘yxati

Internet uzilsa ham yozishda davom etasiz

O‘zgarishlar shu qurilmada saqlanadi va aloqa tiklangach sinxronlanadi.

Uch tilda ishlaydi

Interfeys va MKB-⁠10 o‘zbek lotin, o‘zbek kirill va rus tillarida. Tilni istalgan payt almashtirasiz.

Kalkulyator va shkalalar qo‘l ostida

TVI, KFT (CKD-⁠EPI 2021) va HOMA-⁠IR kalkulyatorlari hamda klinik shkalalar. Natijani «Ko‘rik» yoki «Tashxis» bo‘limiga bir bosishda qo‘shing.

Tana vazni indeksi kalkulyatori: natija 27,1 kg/m²
Narx

14 kun bepul.

Karta ma’lumoti so‘ralmaydi. Sinov tugagach tarifni ilova ichida tanlaysiz. Sinovdan keyin tarif ilova ichida ko‘rsatiladi.

  • Qabul, bemorlar kartotekasi va oldingi qabullar tarixi
  • MKB-⁠10, dori va parhez bazasi; kalkulyator va shkalalar
  • A4 yoki A5: xulosa, retsept va yo‘llanma; Word (.docx)
  • Oflayn rejim va sinxronlash
  • Tarif: bitta foydalanuvchi, bitta qurilma
14 kun bepul boshlash

Savollar

Sinov uchun karta kerakmi?

Yo‘q. 14 kunlik sinov karta ma’lumotisiz boshlanadi.

Internet uzilsa nima bo‘ladi?

Ochiq qabulni yozishda davom etasiz. O‘zgarishlar shu qurilmada saqlanadi, aloqa tiklangach serverga yuboriladi.

Kirill yozuvida ishlasa bo‘ladimi?

Ha. Interfeys va MKB-⁠10 o‘zbek lotin, o‘zbek kirill va rus tillarida mavjud; tilni istalgan payt almashtirasiz.

Xulosani qanday olaman?

A4 formatida chop etasiz, A5 retsept yoki yo‘llanma blankini olasiz yoki Word (.docx) fayliga yuklab olasiz.